Baxtiyor Ashurmatov: "O'zbekiston kubogi bahslari qiziqarli o'tishiga ishonaman"

Aslanov Jasurbek
16 noya 2020, 10:00
Qur'a natijalarining yakuniga ko'ra "Qo'qon-1912" jamoasi O'zbekiston kubogini "Surxon"ga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Biz bu borada "Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovning fikrlariga quloq tutdik.

"Qur'a natijalariga ko'ra bir nechta qiziqarli juftliklar to'qnash kelganini ko'rdik. Bular ichida "Paxtakor" - "Sug'diyona", "Lokomtiv" - AGMK jamolarini ko'rsatib o'tgan bo'lar edim. Bizning jamoaga ham jiddiy raqib tushdi. Chunki, "Surxon" jamoasi tarkibida yaxshi saviyadagi futbolchilar bor. Kubokda g'olib chiqish uchun barcha jamoalarning imkoniyati bor. Umuman olganda kubok o'yinlarining qiziqarli o'tishiga ishonaman",- deydi Baxtiyor Ashurmatov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia