"Bavariya"ning yarim himoya chizig'ida yo'qotishlar bor

17 dek 2019, 22:31
Myunxenning "Bavariya" klubi ertaga "Frayburg"ga qarshi bahs olib boradi.

Mazkur to'qnashuvda yarim himoyachi Leon Gorecka Myunxen klubiga yordam berolmaydi. Jamoa ustozi Xans Flik aytganidek, germaniyalik futbolchi mushaklarida yuzaga kelgan jarohatdan tiklana olmadi. Uchrashuvda Korenten Tolissoning ishtiroki ham shubha ostida turibdi.

Shuningdek, Flik yana besh nafar futbolchining xizmatlaridan ham foydalana olmaydi – Niklas Zyule, Lukas Ernandes, Mikael Kyuizans, Kingsli Koman va Fete-Arp. 

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com