"Bavariya"ning rekordli seriyasi davom etmoqda

Aziz Tukhtamuradov
17 fev 2022
"Bavariya" YCHLning 1/8 finalida "Red Bull Zalcburg" bilan durang o'ynadi (1:1).

Myunxenliklar bu orqali YCHL safar o'yinlaridagi mag'lubiyatsiz seriyani 22 taga etkazib olishdi.

Jamoa 2017 yilda PSJga yutqazganicha, hali safarda mag'lub bo'lmayapti. 

Chempionlar ligasida safarda mag'lub bo'lmaslik bo'yicha seriyada ikkinchi o'rinni "Manchester Yunayted" (16 ta o'yin), uchinchi o'rinni esa "Ayaks" (14 ta o'yin) egallab turibdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA