"Bavariya"ni Shanxayda qanday kutib olishdi? + FOTO

Tolibjon Qosimov
17 iyul 2017, 16:47
Bugun Myunxenning "Bavariya" jamoasi Xitoyning Shanxay shahriga yetib bordi.

U yerda myunxenliklar "Audi Sammer Tur"da ishtirok etishadi. Tomas Myuller va uning jamoadoshlarini aeroportda minglab muxlislar kutib olishdi.

Barcha hujjatbozliklar yakuniga yetib, muxlislarga dastxatlar ulashilgandan keyin "bavarlar" shahar markazida joylashgan mehmonxonaga ravona bo'lishdi. Kechqurun Karlo Anchelotti shogirdlari bilan engil mashg'ulot o'tkazadi.

Quyida "Bavariya"ni Shanxay aeroportida qanday kutib olishganini suratlar yordamida e'tiboringizga havola etamiz.

"Bavariya" muxlislarining yoqimtoyi - Tomas Myuller.

"Real"dan "Bavariya"ga 2 yillik ijara asosida o'tgan Xames Rodrigesning ko'rinishi yomon emas.

Nemis va xitoy tillarida yozilgan yozilgan va Myullerga atalgan so'zlarning o'zbekcha manosi: "Men seni sevaman" )

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcbayern.com