

Manbaga ko'ra, PSJning bir qator a'zolari qusish, qorin og'rig'i va charchoq alomatlarini boshdan kechirishmoqda.
Parijliklar Fransiya chempionati 23-turida “Monako”ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jamoani oldinda 14 fevral kuni YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan “Bavariya”ga qarshi dastlabki bahs kutmoqda.
Shuningdek, PSJ ustozi Kristof Galte Kilian Mbappe jarohati tufayli Parijdagi o'yinda qatnasholmasligini aytdi. Lionel Messi esa myunxenliklar qarshi bahsgacha safga qaytishi kutilmoqda.



