"Bavariya"da Kovachning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan ikki mutaxassisning nomi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
7 may 2019, 22:20
Bavariya rahbariyati jamoaning hozirgi murabbiyi Niko Kovachning o'rniga boshqa mutaxassisni olib kelmoqchi, deya ma'lum qiladi Marca.

Manbaning xabar berishicha, myunxenliklar yaqinda Realdan iste'foga chiqarilgan ispaniyalik Xule Lopetegi hamda Ayaks ustozi Erik ten Xag bilan muzokaralar o'tkazmoqchi. 

52 yoshli Lopetegi qirollik klubidan tashqari, Rayo Valekano, Portu hamda Ispaniya terma jamoasida faoliya olib borgan. 49 yoshli gollandiyalik ten Xag esa joriy mavsum amstyerdamliklar bilan yuqori darajadagi mavsumni o'tkazmoqda. U jamoa bilan mamlakat kubogini yutib, YCHLning finaliga chiqishga yaqin turibdi. Shuningdek, Ayaks Gollandiya birinchiligida g'olib bo'lish uchun yaxshi imkoniyatga ega.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca