

“Bavariya” yarim himoyachisi Korenten Tolisso chap oyoq to'pig'idan jarohatidan forig' bo'lish maqsadida operaciyani boshdan o'tkazdi. Ma'lum qilinishicha, fransiyalik futbolchi 4 haftadan so'ng mashg'ulotlarga qaytadi. 25 yoshli Korenten 7 aprel kungi mashg'ulotlarda jarohat olgandi.
Joriy mavsum Tolisso Bundesliga doirasida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



