"Bavariya" yana MYU xarid qilmoqchi bo'lgan futbolchini ilib ketmoqchi

Aslanov Jasurbek
19 may 2017, 14:16
"Bavariya" "Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges bilan uning transferi borasida muzokaralar o'tkazdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" Kolumbiya terma jamoasi futbolchisiga boshqa qiziqish bildirmayapti, uning agenti Jorje Mendesh esa "Bavariya" vakillari bilan uchrashdi.

Oldinroq "Qirollik klubi" Rodrigesni transferga qo'yishga qarshi emasligi e'lon qilingan edi.

Joriy mavsum boshlanishidan oldin MYU sotib olishga yaqin turgan Renatu Sanshesh "Bavariya"ga o'tib ketgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com