
Jamoa futbolchisi Xavi Martinez superkubok uchun bo'lgan bahsda jiddiy jarohat olib, ko'p muddatga safdan chiqdi. Shu bois, myunxenliklar o'z tarkiblariga himoyachi yoki tayanch yarim himoyachini qo'shib olishni rejalashtirishmoqda. Xabarlarga qaraganda, Myunxen jamoasi Sami Xedira, Rafael Varan yoki Diego Godin kabi futbolchilarni sotib olishi mumkin.