“Bavariya” – “Viktoriya”. Getce myunxenliklar safida birinchi golini kiritdi

24 okt 2013, 10:21
“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Mario Getce myunxenliklar klubi safida o'zining birinchi golini kiritdi (5:0).

Chempionlar ligasi 3-tur guruh bosqichi o'yinlari doirasida “Viktoriya” klubiga qarshi kechgan o'yinda, 21 yoshli yarim himoyachi 63-daqiqada maydonga tushib, o'yinning 90-daqiqasida raqib darvozasiga to'p kiritdi. Ushbu gol o'yinga yakuniy nuqta qo'ydi.

Eslatib o'tamiz, Getce ushbu mavsum klub safida 7 ta o'yinga maydonga tushgan.


Manba: sports.ru