“Bavariya” sobiq ustozi “Monako” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Eldor Akmurzayev
20 iyul 2020
Niko Kovach yangi mavsumni “Monako” boshqaruvida o'tkazadi.

Xorvatiyalik mutaxassis bilan kelishuv 3 yilga mo'ljallangan. Kovach Roberto Morenoning o'rnini egalladi.

Eslatib o'tamiz, Niko bungacha “Bavariya” ustozi sifatida faoliyat olib borgan va ikkala tomonning kelishuvi asosida 2019 yilning noyabrida iste'foga chiqqan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: asmonaco.com