"Bavariya" Germaniya Kubogidan sharmandalarcha chiqarib yuborildi

Mirjalol Normatov
28 okt 2021
"Bavariya" Germaniya Kubogining 2-raundida Menxengladbaxning "Borussiya"siga yirik 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi.

Borussiya M – Bavariya 5:0

"Borussiya-Park"

Gollar: 1:0 – 2 Kone, 2:0 – 15 Bensebayni, 3:0 – 21, penalti Bensebayni, 4:0 – 51 Embolo, 5:0 – 57 Embolo.

Borussiya M – Zommer, Bensebayni, Ginter, Elvedi, Skalli (Xerrmann, 69), Shtindl (Plea, 69), Zakariya, Xofmann (Noyxaus, 73), Kone, Bayer (Netc, 53), Embolo (Tyuram, 73).

Bavariya – Noyer, Ernandes, Upamekano (Zyule, 55), Devis (Koman, 55), Pavar, Kimmix, Goretcka (Tolisso, 64), Myuller, Sane, Levandovski, Gnabri (Stanishich, 67).

Ogohlantirish: Upamekano (46), Zakariya (79).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia