"Bavariya" Sane bilan kelishib oldi, biroq...

Narzulla Saydullayev
6 may 2020
Get German Football News nashri xabariga ko'ra, Myunxenning "Bavariya" klubi "Manchester Siti" vingeri Leroy Sane bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi.

Kelishuv besh yilga mo'ljallangan bo'ladi. Sanening "shaharliklar" bilan shartnomasi 2021 yilda tugaydi, shu bois nemis klubi tovon pulini imkon qadar pasaytirmoqchi. Ayni paytda ingliz klubi futbolchi uchun 80 million evro so'rayotgan bo'lsa, Germaniya chempioni 40-60 million evro to'lamoqchi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Get German Football News