"Bavariya" Sane bilan kelisha olmadi

Mirjalol Normatov
30 may 2019, 23:13
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sane "Bavariya"ga o'tmaydigan bo'ldi.

"Sky Sports Germany" xabariga ko'ra, Myunxen klubining taklifi Sanega yoqmagan va shu boisdan u Germaniya chempionatiga qaytishni istamagan.

Yakunlangan mavsumdda 23 yoshli Sane "Siti" tarkibida 47 o'yinda qatnashib, 16 gol urdi va 18 golga assistentlik qildi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports Germany