

"Kicker" xabariga ko'ra, yaqin vaqtlar ichida fransiyalik futbolchiga bir yillik shartnoma taklif etiladi. Biroq unga asosiy tarkibdan kafolat berilmaydi. Keyingi mavsumdan jamoaga yangi bosh murabbiy taklif etiladi va u yoshlarga katta e'tibor qaratadi.
Bu mavsumda Riberi 29 uchrashuvda maydonga tushib, 6 gol kiritdi va 5ta samarali pas oshirdi.



