"Bavariya" rekord darajada daromad topdi

Sherzod Nurmatov
3 noya 2025, 16:40
"Bavariya" o'zining rasmiy veb-saytida moliyaviy yil uchun umumiy daromadi 978,3 million evroni tashkil etganini e'lon qildi.

Bu rekord miqdor bo'lib, o'tgan yilga nisbatan 2,8% ga oshgan.

Myunxen klubining operacion foydasi 11,3% ga o'sib, 187,8 million evroni tashkil qildi. Soliq to'langunga qadar foyda 42,5 mln evroni, sof foyda esa 27,1 mln evrodan iborat.

"Bavariya"ning sport ko'rsatkichlari ham barqaror: ular Bundesligada yetakchilik qilmoqda, "Leyptsig"dan 5 ochko va "Borussiya" Dortmunddan 7 ochko oldinda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com