"Bavariya" "Real" yulduziga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2018, 15:59
"Bavariya" "Real" hujumchisi Garet Beylga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Myunxen klubi madridliklar o'z forvardi uchun so'rayotgan 200 mln. evroni to'lashga tayyor emas.

Uelslik shartnomasidagi tovon puli 500 mln. evro. Beylning "qaymoqranglilar" bilan kelishuvi 2022 yilda yakuniga etadi.

Oldinroq, "Guanjou Evergrand" "Real" talab qilgan pulni to'lashga tayyorligi e'lon qilingan edi.  Joriy mavsum Beyl LaLiganing 9ta uchrashuvida maydonga tushib, 6ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild