"Bavariya" "Real" futbolchisi uchun kurashdan chiqdi

Mirjalol Normatov
28 iyun 2020, 10:24
"Bavariya" "Real" himoyachisi Ashraf Hakimini transfer qilish fikridan qaytdi.

"Bild" jurnalisti Kristian Falkning yozishicha, bunday qarorga futbolchining taktik o'yini taxlillaridan keyin kelingan. "Bavariya" 4-3-3 taktik sxemasiga ko'proq e'tibor beradi, Ashrafning esa himoyaviy o'yinida muammolar bor. Unga ko'proq 3-4-3 taktikasi mos tushadi.

Hakimi ayni damda Dortmundning "Borussiya"si tarkibida ijarada o'ynamoqda. Ushbu mavsumda u jamoa tarkibida 45 o'yinda 9 gol va 10 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild