"Bavariya" Raysni ilib ketishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
19 may 2023
"Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays Yevropa top-klublari e'tiborini tortishda davom etmoqda.

Angliyalik yarim himoyachi transferiga "Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel ham qiziqish bildirmoqda. Murabbiy "Chelsi"dalik davridayoq futbolchini o'z jamoasi tarkibida ko'rishni istagandi.

Bu transferga "Vest Xem" so'rayotgan 100 mln evro summa hamda "Arsenal"ning ham futbolchiga bo'lgan qiziqishi bo'lishi mumkin.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Evening Standard