

Xosep Gvardiola shogirdlari 9 yanvardan - 17 yanvarga qadar Qatar poytaxtida Germaniya chempionatining ikkinchi davra o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishadi. Ushbu o'quv yig'in doirasida "Bavariya" ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazishadi ko'zda tutilgan.
"Bavariya" futbolchilari avvaliga 13 yanvar kuni Qatar yulduzlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Keyinchalik 17 yanvar kuni esa Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishadi.
Eslatib o'tamiz, "Al-Hilol" jamoasi Toshkentning "Lokomotiv" klubi bilan OCHLda bitta guruhdan joy olgan.



