"Bavariya" PSJ himoyachisiga ko'z tikdi

Mirjalol Normatov
5 dek 2023
"Bavariya" klubi PSJ himoyachisi Nordi Mukielening xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Myunxen klubi murabbiylar shtabi uni qishdayoq jamoaga qo'shilishini istayapti.

Aytilishicha, Afrika Kubogiga Ashraf Hakimining jo'nab kyetishi sababli PSJ ham futbolchisini tarkibda olib qolishga harakat qiladi.

Nordi nafaqat o'ng, balki, markaziy himoyada ham o'ynay oladi. "Bavariya" futbolchilari yetishmayotgani sababli Mukiele orqali muammolarni bartaraf qilmoqchi.

Mukiele uchun Bundesliga begona emas. Bunga qadar u "Leyptsig" tarkibida faoliyat olib borgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild