

Ma'lumotlarga ko'ra, myunxenliklar 21 yoshli yarim himoyachi uchun poygada yetakchilik qilishmoqda. Ular "Leyptsig" bilan birgalikda PSJga raqobatchi taklif yuborishdi.
Futbolchining o'zi kelajagini Parijda ko'rmayotganini ma'lum qilgan.
Ammo PSJ Simonsni hozir sotmoqchi emas, chunki Xavini 2025 yilning yanvarigacha sotishsa transfer pulining sezilarli qismi PSV hisobiga o'tkaziladi.
Buni hisobga olgan "Bavariya" va "Leyptsig" PSJga futbolchini xarid qilish sharti bilan ijaraga olishni taklif qilishdi. Ma'lumotlarga ko'ra, "Bavariya" 90 mln. evro taklif qilmoqda.



