"Bavariya" PSJ futbolchisi bilan kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2024, 22:25
"Bavariya" Xavi Simons bilan muzokaralar o'tkazmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, myunxenliklar yarim himoyachi bilan bitimning asosiy shartlarini kelishib olishgan. Endi nemis klubidagilar PSJ bilan kelishib olishi lozim.

Ko'p narsa niderlandiyalik futbolchining tanloviga bog'liq. 21 yoshli Simons "Leyptsig"da ijarada qolishga qarshi emas.

Simons so'nggi mavsumda Bundesliganing 32ta bahsida maydonga tushib, 11ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal