"Bavariya" "Portu" darvozaboniga da'vogar

Sherzod Nurmatov
13 yanv 2023, 11:48
Uning tovon puli – 75 million evro.

"Portu" darvozaboni Diogu Koshta Bundesligaga o'tishi mumkin.

CNN Portugal jurnalisti Brunu Andradening yozishicha, futbolchiga yanvarda darvozabon o'rnini mustahkamlamoqchi bo'lgan, biroq kerak bo'lsa, yozgacha kutishga tayyor "Bavariya" qiziqmoqda.

Koshta – myunxenliklar eng maqul ko'rayotgan nomzodlardan biri.

Portugaliya terma jamoasi futbolchisining shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan, tovon puli 75 million evroni tashkil qiladi.

Diogu JCH-2022da Portugaliya terma jamoasining asosiy darvozaboni bo'ldi va barcha 5 ta o'yinda maydonga tushdi.

Joriy mavsumda Koshta chempionatda 15 ta o'yin o'tkazdi va 10 ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/brunoandrd