"Bavariya" Perishich uchun 20 million evro to'lashga tayyor emas

Alisher
15 may 2020
Transfer huquqi "Inter"ga tegishli bo'lgan "Bavariya" yarim himoyachisi Ivan Perishich A Seriyaga qaytishga yaqin.

Xabarlarga ko'ra, Myunxen grandi klublar tomonidan bir yil oldin tuzilgan bitimda ko'rsatilganidek 31 yoshli xorvatni 20 million evroga xarid qilish borasidagi bandni faollashtirmoqchi emas.

Shunga qaramay, "Bavariya" va "Inter" yaqin orada Perishich borasida muzokaralar olib boradi. Milanliklar Perishichni arzonroq berib yuborishga rozi bo'lsa, Perishich Germaniyada qoladi.

Futbolchi joriy mavsum myunxenliklar safida 22ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 8ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira