"Bavariya" o'ng qanot himoyachini o'z safiga qo'shib oladi

Alisher
8 fev 2020, 17:54
"Bavariya" o'ng qanot himoyachini transfer qilmoqchi.

Myunxenliklar "Ayaks" fulbeki Serjino Destni yozgi transferlar oynasida o'z safiga qo'shib olish borasida kelishuvga erishdi.

"Qizillar" 19 yoshli amerikalik futbolchining transferi uchun 28 million evro to'laydi.

Dest joriy mavsum Gollandiya chempionatida 16ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: De Telegraaf