"Bavariya" Myuller bilan shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
19 dek 2023, 22:10
"Bavariya" matbuot xizmati yarim himoyasi Tomas Myuller bilan shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi.

34 yoshli futbolchi klubida 2025 yilgacha qoladi. U 10 yoshidan buyon ushbu klub tizimida.

Tomas "Bavariya" tarkibida 684 o'yinda maydonga tushdi va 237 gol urib, 261 golga assist bo'ldi. Jamoa bilan 32 sovringa ega chiqdi.

Tomas 2008 yili "Bavariya"da debyut qilgan va jamoa bilan 16-mavsumini o'tkazmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fcbayern.com