"Bavariya" muxlislari jamoasining YCHLdagi safar o'yinida yordam bera olmaydi

Оқил Абдубарноев
1 mar 2024, 00:22
Shuningdek, klub moddiy jaorimaga ham tortildi.

"Bavariya" muxlislari Yevropa Chempionlar ligasi nimchorak finalidan o'rin olgan "Lacio"ga qarshi mehmondagi o'yinda pirotexnika vositalaridan foydalangani uchun UEFA tomonidan jazolandi: keyingi safar o'yinida klub ishqibozlari stadionga kira olmaydi. Ularga chipta tarqatishga ruxsat etilmaydi. 

Bundan tashqari, tashkilot myunxenliklarga 50750 evro miqdorida jarima solgan.

Ushbu taqiq "Bavariya" keyingi bosqichga chiqqanida amal qiladi. Agarda klub o'z maydonida "Lacio"ni enga olmasa, kelgusi mavsumdagi ilk mehmondagi o'yin nemis muxlislarisiz o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: t-online.de