"Bavariya" mashg'uloti paytida Tolissoning ahvoli yomonlashdi

20 okt 2019, 20:40
"Bavariya" yarim himoyachisi Koranten Tolisso myunxenliklarning mashg'uloti chog'ida o'zini yomon his qildi.

O'yinchi chimga o'tirib oldi va yuragini ushlab qoldi. Klub shifokorlari dastlab buni yurak xuruji deb taxmin qilishdi. Ammo, keyinroq tekshiruv shuni ko'rsatdiki, futbolchining hayoti xavf ostida emas. Korentin sog'ligining yomonlashishi, og'ir bosh aylanishi tufayli yuzaga kelgani ma'lum bo'ldi. 

Joriy mavsum 25 yoshli fransiyalik barcha musobaqalarda 13 ta o'yin o'tkazdi.


Foto: Bild

O'xshash yangiliklar


Manba: bild.de