“Bavariya” Manjukich va Kroosni o'zida olib qolmoqchi

Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Robert Levandovski bilan shartnoma tuzganiga qaramay, “Bavariya” hujumchisi Mario Manjukichga yangi shartnoma taklif etadi.

Bundan tashqari klub yarim himoyachi Toni Kroos bilan ham shartnomani uzaytirmoqchi.

- To'g'risini aytadigan bo'lsam, hali muzokaralar samara bergani yo'q. Bunday masalalarda har doim pul muhim rol o'ynaydi. Kroos biz bilan shartnomani uzaytirishini istaymiz. Bundan tashqari Mario Manjukich bilan ham yangi shartnoma tuzish bo'yicha muzokara olib borishga tayyormiz. Uning “Bavariya” bilan tuzgan shartnomasi 2016 yilga mo'ljallangan va biz bundan mamnunmiz. Bu futbolchilar jamoaga kerak, - "Bavarii" bosh direktori Karl-Xaync Rummeniggening so'zlarini keltiradi Kicker.


Manba: football.by