"Bavariya" "Manchester Siti" o'yinchisiga qiziqmoqda

Alisher
20 dek 2019, 11:30
"Bavariya" qishki transferlar oynasida himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi.

Myunxenliklar "Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanseluga qiziqish bildirishmoqda.

"Bavariya" rahbariyati Kanseludan tashqari "Monako"dan Benyamin Xenriksni ham kuzatishmoqda.

Kanselu "Siti"ga shu yilning avgust oyida "Yuventus"dan o'tdi. "Shaharliklar" portugaliyalik uchun Danilo va 28 million evrodan voz kechishdi.

25 yoshli Kanselu joriy mavsum manchesterliklar tarkibida 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. 22 yoshli Xenriks esa "Monako" safida 6ta o'yinda maydonda harakat qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport Bild