"Bavariya" "Leyptsig" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
15 fev 2020, 12:14
"Leyptsig" himoyachisi Dayo Upamekano "Bavariya" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Futbolchining "buqalar" bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Myunxenliklar esa Upamekanoni joriy mavsum so'nggida o'z tarkiblariga jalb qilishmoqchi. Shu sabab "Leyptsig" futbolchi bilan shartnomani uzaytirish harakatiga tushgan.

Eslatib o'tamiz, Dayo joriy mavsum barcha musobaqalarda 28ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: talkSport