"Bavariya" "Leyptsig" futbolchisi bilan kelishib olmagan

Mirjalol Normatov
28 iyul 2019, 10:13
"RB Leyptsig" hujumchisi Timo Vernerning agenti Karl-Xaync Ferster mijozi "Bavariya"ga o'tishi borasidagi ma'lumotlarni inkor etdi.

"Yo'q. Bu ma'lumotlar haqiqatga yaqin emas. Bu mish-mishlarni eshitganimda ajablangandim", - dedi agent.

Vernerning jamoa bilan shartnomasi keyingi yili yakunlanadi. Uning xizmatlariga "Liverpul" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda. Oldinroq "Leyptsig" sport direktori hujumchi jamoa bilan shartnomani uzaytirishni istamayotganini aytgandi.

Verner o'tgan mavsumda jamoasi tarkibida 37 o'yinda qatnashib, 19 gol kiritgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild