"Bavariya" Levandovskini kamida 200 mln. evroga sotmoqchi

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2018, 18:45
"Bavariya" o'z hujumchisi Robert Levandovski bilan xayrlashmoqchi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, klub rahbariyati polshalik futbolchi agenti Pini Zaxavini kamida 200 mln. evrolik taklif bo'lmasa uni sotmasligini ma'lum qilgan.

Levandovski esa "Bavariya"ni tark etib, "Real"ga o'tmoqchi. Forvardga PSJ, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

O'tgan mavsum 29 yoshli hujumchi Bundesliganing 30ta uchrashuvida 29ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild