“Bavariya” Kroosni qaytarmoqchi

Eldor Akmurzayev
11 mar 2020, 20:30
“Real” yarim himoyachisi kelayotgan yoz jamoani tark etishi mumkin.

30 yoshli germaniyalik sobiq jamoasi “Bavariya”ga qaytishi mumkin. Myunxenliklar Tonining qaytishiga qiziqish bildirmoqda. Bundesliganing amaldagi chempioni xavbek bilan muzokaralarni allaqachon boshlagan.

Kroosning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2023 yilning 30 iyunida yakunlanadi. Uning transfer qiymati 60 mln evroga baholanmoqda.

Yarim himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 33 o'yin o'tkazib, 5+9 natija qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: El Chiringuito