

"Bild" xabariga ko'ra, bir yildan keyin Germaniya jamoasi futbolchini 120 million evroga sotib olish huquqiga ega bo'ladi. Oldinroq "Bavariya" braziliyalikning bir yillik ijarasi uchun 20 million evro to'lashi borasida ma'lumotlar berilgandi. Biroq bu haqiqatga yaqin emas.
Koutino o'tgan mavsumda "Barselona" tarkibida 54 o'yinda qatnashib, 11 gol urdi va 5 golga assistentlik qildi.



