"Bavariya" klub tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirmoqchi

Aslanov Jasurbek
22 noya 2021, 19:11
"Bavariya" "Barselona" yarim himoyachisi Pedriga qiziqish bildirmoqda.

Myunxen klubi allaqachon 18 yoshli futbolchining atrofidagilar bilan aloqaga chiqqan. "Bavariya" Pedriga "ko'k-anorranglilar" sotib olganidan 4 barobar ko'proq pul to'lashga tayyor.

"Bavariya" ispaniyalik futbolchining transferi bo'yicha o'zining transfer rekordini yangilashga tayyor. Ayni damda Germaniya chempionlari transfer uchun sarflagan maksimal summa 80 million evroni tashkil etadi - ular 2019 yilda "Atletiko"dan Luka Ernandesning transferi uchun shuncha pul to'lashgan.

Myunxen klubi Pedrining transferini qishda yoki kelasi yozda amalga oshirmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As