"Bavariya" Keyn uchun 70 million evro va bonuslar taklif qildi

Sherzod Nurmatov
27 iyun 2023, 16:36
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchi Xarri Keyn bo'yicha "Tottenxem"ga rasmiy taklif bilan chiqdi.

Bu haqda "The Athletic" xabar berdi. 

Nemis klubi 29 yoshli futbolchi uchun 70 million evro va bonuslar taklif qildi. 

Keyn 2013 yildan buyon "Tottenxem" safida 435 ta o'yin o'tkazib, 280 ta gol urgan.

Avvalroq "Bavariya" u uchun 100 mln evro to'lamoqchi emasligi xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic