"Bavariya" jarohat sabab Xadson-Odoidan voz kechishi mumkin

Tolibjon Qosimov
23 apr 2019
"Chelsi" yarim himoyachisi Kallum Xadson-Odoining jarohati kelajagiga ta’sir ko'rsatishi mumkin.

Uning oyog'i jiddiy jarohatlangan. Bunday jarohat uzoq muddatli davolanishni talab etadi (kamida 6 oy). Shu sabab Xadson-Odoi keyingi mavsum boshini ham o'tkazib yuborish ehtimoli yuqori.

Ayni shu sabab "Bavariya" uning transferidan voz kechishi mumkin. Riberi va Robben yozda jamoani tark etadi, ularga esa o'rinbosar kerak.

Bundan tashqari, "Bavariya" Xadson-Odoi jarohat olishga moyil bo'lib qolishidan cho'chimoqda. Chunki, myunxenliklarning deyarli barcha vingerlarida bu "nuqson" bor.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Bild.de