"Bavariya" himoyachisini sotishga tayyor

Sherzod Nurmatov
3 iyun 2024
Myunxenliklar Dayo Upamekano bo'yicha takliflarni kutmoqda.

Myunxenning "Bavariya" jamoasi yozda himoyachi Dayo Upamekanoni sotishga shay turibdi, deb xabar berdi "Sky Sports" muxbiri Florian Plettenberg.



Xabar qilinishicha, myunxenliklar yozda 25 yoshli Upamekano bo'yicha foydali taklif kelib tushsa, muzokaralarga kirishishga tayyor. Bu klubning so'nggi ikki hafta ichidagi poziciyasi.

Shuningdek, "Bavariya" Erik Dayer va Matteys de Ligtni qo'yib yubormaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports