"Bavariya" ham Dyumfrisga qiziqmoqda

Alisher
19 iyun 2021
PSV himoyachisi Denzel Dyumfris "Bavariya"ga o'tishi mumkin.

Nemis klubi Niderlandiya terma jamoasida muvaffaqiyatli o'ynayotgan futbolchini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

25 yoshli Dyumfris Ukraina (3:2) va Avstriya (2:2)ga qarshi o'yinlarda gollar urib, o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Denzelning PSV bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Himoyachi o'tgan mavsum Niderlandiya chempionati dorasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Germany