"Bavariya" Gvardiolaning maoshini 15 milliongacha ko'tarmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
9 noya 2015, 19:17
"Bavariya" Xosep Gvardiola bilan yangi shartnoma imzolaydi va ushbu shartnomada murabbiyning yillik maoshi sezilarli darajada oshishi kutilmoqda, deya xabar qiladi Sport1.de.

Eslatib o'tamiz, tomonlar ayni paytda yangi shartnoma borasida muzokaralar olib bormoqdalar. Amaldagi shartnoma 2016 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Xabar qilinishicha, "Bavariya" murabbiyga yiliga 15 million evro maosh hamda 2018 yilgacha shartnoma taklif qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, murabbiy ayni paytda yiliga 11 million evro maosh oladi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sport1.de