"Bavariya" Goreckani sotmoqchi emas

Sherzod Nurmatov
18 noya 2023, 11:10
Nemis klubi Leon Goreckani APLga qo'yib yubormaydi.

Germaniyaning "Bavariya" klubi o'z yarim himoyachisi Leon Goreckani qishki transfer oynasida sotish niyati yo'q, deya xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur.

Angliya Premer-ligasi klublari markaziy va tayanch yarim himoyachisi sifatida o'ynay oladigan 28 yoshli Goreckaga qiziqish bildirishmoqda.

Leon joriy mavsum "Bavariya" safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/Ekremkonur