"Bavariya" futbolchisi "Manchester Yunayted" nishonida

Mirjalol Normatov
23 iyul 2023, 00:50
"Bavariya"ning zaxirasida qolib ketishi kutilayotgan Leon Gorecka "Manchester Yunayted" nishonida.

28 yoshli germaniyalik futbolchi jamoadan ketishiga qarshi emas, biroq Myunxen klubi uni qo'yib yuborish niyatida bo'lmayapti. Gap shundaki, Goreckaga Tomas Tuxel qo'l ostidagi jamoadagi o'rni maqul kelmayapti. U Evro-2024da o'ynashni istayotgani sababli jamoasida asosiy tarkib uchun kurashishi kerak bo'ladi.

Gorecka "Bavariya"dagi 5 mavsumida 179 o'yinda 34 gol va 35 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport1