"Bavariya" darvozabonlar murabbiyini iste'foga chiqardi. U klubda 12 yildan beri ishlayotgandi

Sherzod Nurmatov
24 yanv 2023, 11:00
Myunxen klubi darvozabonlar murabbiyi ishdan bo'shatildi.

"Bavariya" darvozabonlar murabbiyi Toni Tapalovichni iste'foga chiqardi, deb xabar berdi "Bild".

Klub bu haqda Tapalovich bilan do'stona munosabatda bo'lgan darvozabon Manuel Noyerni shaxsan ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, Tapalovich jamoa bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann bilan kelishmovchilikka borgan.

Qolaversa, "Monako"da ijara asosida to'p tepayotgan darvozabon Aleksandr Nyubel germaniyalik mutaxassis ishlayotgan vaqtda Myunxen klubiga qaytishni istamayapti.

Eslatib o'tamiz, Noyer jarohati tufayli mavsum oxirigacha safdan chiqqan. Uning o'rniga "Bavariya" "Borussiya M" darvozaboni Yan Zommerni safiga qo'shib oldi.

42 yoshli Tapalovich 2011 yildan buyon "Bavariya" darvozabonlari murabbiyi sifatida faoliyat olib borayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild