"Bavariya" "Chelsi" forvardi bilan shartnoma imzolamoqchi

Administrator
26 mar 2025, 23:28
Myunxenning "Bavariya" klubi yozda hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi.

Klub Xarri Keyn yangi jamoa topishni istasa, bu yo'lga qo'l uradi.

"Bavariya" short-listiga "Chelsi" forvardi Kristofer Nkunku kiritildi. Qayd etilishicha, transfer "Tottenxem"dan fransiyalik Matis Telning sotuvi uchun olingan pullar hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, "ko'klar" bosslari o'z futbolchisi uchun kamida 70 mln evro ishlab olmoqchi. "Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani forvardda hujum chizig'idagi ideal o'yinchini ko'rmoqda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: bild.de