"Bavariya" bir yo'la ikki futbolchi bilan kelishib oldi

Aslanov Jasurbek
27 fev 2019, 15:53
"Bavariya" yozgi transferlar borasida katta muvaffaqiyatga erishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis klubi rahbariyati birdaniga ikki futbolchi bilan kelishuvga erishdi, ular "Leyptsig" hujumchisi Timo Verner va "Atletiko" himoyachisi Lukas Ernandes. Endi "Bavariya" ularning transfer huquqiga egalik qiluvchi klublar bilan muzokara o'tkazishi kerak.

Vernerning "Leyptsig" bilan shartnomasi 2020 yilning yozida yakuniga etadi va klub uni joriy mavsum oxirida sotib yuborishga urinadi.

Ernandes Germaniyaga qishda ko'chib o'tishi mumkin edi, biroq "Atletiko" uni sotib yuborishni istamadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild