

Ma'lumotlarga ko'ra, Myunxen klubi rahbariyati e'tiborini "Bayer" xavbeki Kay Xavecga qaratdi. 19 yoshli futbolchi "Bavariya"da joriy mavsum oxirida klubni tark etishi kutilayotgan Aren Robben o'rnini egallaydi.
Xavec "Bayer" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016 yildan beri asosiy jamoada maydonga tushmoqda.



