"Bavariya" baribir Kingsli Komanni sotib oladi

Aslanov Jasurbek
19 noya 2016
"Bavariya" klubi raisi Karl-Xaync Rummeniggening aytishicha, myunxenliklar "Yuventus"dan Kingsli Komanning transfer huquqini sotib olmoqchilar.

"Bavariya" fransiyalik futbolchini 21 million evro evaziga sotib olish huquqiga ega.

"Komanning transferini sotib olish ham bizning maqsadlarimizdan biridir", - deydi Rummenigge.

Avvalroq esa klub futbolchini sotib olish huquqidan foydalanmasligi haqida xabarlar tarqalgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: abola.pt