"Bavariya" "Ayaks" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
26 apr 2022, 15:47
"Bavariya" "Ayaks" hujumchisi Sebastyan Allega qiziqmoqda.

Jurnalist Kristian Falkning xabariga ko'ra, Myunxen klubi 27 yoshli ivuarlik futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqishdi.

Alle 2021/22 yilgi mavsum "Ayaks" tarkibida 39ta o'yinda maydonga tushib, 33ta gol va 9ta assist qayd etdi.

Transfermarkt forvardni 30 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild